Xoliqovlar oilasi nishondor

Date:

Shunday oilalar borki, atrofdagilarga ibrat va namuna qilib ko‘rsatgulik. Ularning tajribasi, ibratli hayot yo‘llaridan ulgu olgan yosh oilalar mustahkam bo‘ladi. Ana shunday oilalarni aniqlash, ularni munosib rag‘batlantirish va namuna qilib ko‘rsatish maqsadida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni ta’sis etilgan.

Ayni ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mukofotlar Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Maxkamova, “Nuroniy” jamg‘armasi Boshqaruvi raisi S.Turdiyev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari O.Hasanov, Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari M.Hojimatov, Respublika Mahallalar uyushmasi raisi birinchi o‘rinbosari J.Inog‘omovlar tomonidan topshirildi.

Tadbirda Boysun tumanida istiqomat qiluvchi uzoq yillar davomida ibratli oila namunasi bo‘lib kelayotgan, farzandlar tarbiyasi va ularning ilmli hamda kasb-hunarli bo‘lishi, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yosh oila vakillarini o‘z ortidan ergashtirishga katta xizmat qilayotgan Abdumajid Xoliqovlar oilasi “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

8-mavsum yakunlandi

Termiz shahrida Surxondaryo Volontyorlar maktabining 8-mavsumi bitiruv tadbiri ko‘tarinki...

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...
KunTun
KunTun