“Barkamol avlod” bolalar maktabi xizmatga shay

Date:

Maktab ta’limi bilan birga “Barkamol avlod” bolalar maktablari ham o‘quvchi-yoshlarni fan va tillarga, sportga, san’at va kasb-hunarga qiziqtirib, iqtidor va mahoratlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sariosiyo tumanida ham “Barkamol avlod” bolalar maktabining zamon talablariga mos, innovatsion jihozlar bilan ta’minlangan binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu ochilishdan yoshlarning quvonchi cheksiz. Endilikda ular o‘zlari qiziqqan yo‘nalishda ushbu maktabga qatnab, vaqtlarini mazmunli o‘tkazishadi. Ko‘zlari yonib turgan bolalarni so‘roqqa tutsangiz, ularning orzu va maqsadlari ham aynan mana shu maktabda o‘qib o‘rganadigan to‘garak va mashg‘ulotlar bilan bog‘liqligi pedagog va mutaxassislardagi mas’uliyat yukini oshirsa, ajab emas.
Ochilish marosimida to‘garak a’zolari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar hamda ijro etilgan kuy qo‘shiqlar tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun