Litsenziya talabi bekor qilinadi

Date:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi qabul qilindi.

Ushbu qonun bilan 13 turdagi litsenziya va ruxsatnoma talabi bekor qilinmoqda. 3 turdagi litsenziya xabarnoma shakliga oʻtkazilmoqda. Jumladan, endi turizm agenti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish tartibi bekor qilinib, uning oʻrniga turagentlik faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma yuborish tartibi joriy etiladi.

Qonun loyihasining qabul qilinishi litsenziya va ruxsat berish sohasidagi byurokratik holatlarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Endilikda qonun loyihasi Senat tomonidan maʻqullanishi va prezident tomonidan imzolanishi lozim.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Inklyuziv ta’lim — teng imkoniyatlar garovi

Har bir bola sifatli ta’lim-tarbiya olish va o‘z qobiliyatini...

Qulaylik yaratildi

Aholiga sifatli va tezkor veterinariya xizmatlarini ko‘rsatishda mutaxassislarning zarur...

Mehnat ortidan farovon hayot

Mehnat — farovonlik va baraka manbai. Buni nafaqada bo‘lishiga...

Shahnoza Haydarova — Osiyo chempioni

O‘zbekiston yoshlar sportida yana bir yorqin natija! Osiyo chempionatida...
KunTun
KunTun