Hokim Adam Leffni qabul qildi

Date:

Maʼlumki, O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi iqtisodiy hamda gumanitar hamkorlikka alohida e’tibor qaratilib, mintaqaviy barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlash borasida qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qatarning Doha shahrida joylashgan AQSHning Afg‘onistondagi diplomatik missiyasining iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha mas’ul vakili Adam Leff boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Afg‘onistonda iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlash, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, afg‘on tadbirkorlarining Surxondaryo viloyati orqali xalqaro bozorlarga chiqishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama etildi. Jumladan, “Termiz xalqaro savdo markazi” va “Termiz Cargo Сentre” kabi zamonaviy logistika va savdo infratuzilmalari ushbu maqsadlarga erishishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Yakunda tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda boshqa sohalarda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish borasida kelishib oldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...

Zamonaviy sharoit, xavfsiz jamiyat

Sariosiyo tumanida Ichki ishlar bo‘limining yangi, zamonaviy binosi foydalanishga...

Har qarich yer baraka

Jarqo‘rg‘on dehqonlari fidokor mehnati natijasida kartoshka hosilida rekord ko‘rsatkichlarga...

Kelajak kodlarda…

Termiz shahrida sun’iy intellekt texnologiyalariga bag‘ishlangan nufuzli umummilliy AI...
KunTun
KunTun