Bunyodkor ayollar Qumqo‘rg‘onda jam

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi, banklar va qator tegishli tashkilot hamda idoralar bilan hamkorlikda “Bunyodkor ayollar – 2025” xotin-qizlar festivali o‘tkazildi. Tadbirda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasidan Karima To‘xtaboyeva so‘zga chiqib, forum ishtirokilarini qizg‘in tabrikladi. Mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlarning natijalariga keng to‘xtaldi.
Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zulxumor Xidirova, Markaziy bank Surxondaryo viloyati bosh boshqarmasi hamda tijorat banklar rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlarining vakillari tomonidan Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yashil energiya va issiqlik ta’minoti jamoatchilik nazoratida

Termiz shahridagi Matbuot uyida ko‘p qavatli uylarning ichki issiqlik...

Probatsiyadan — bandlik sari

Denov tumanida probatsiya nazoratida turgan fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan...

Tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston enoturizmi va...

Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan yordam beriladimi?

Sovuq kunlarda kommunal xarajatlarning ortishi, ayniqsa, kam daromadli oilalar...
KunTun
KunTun