Ko‘ngil hordiq istasa…

Date:

Farzandlar zerikkanida, kattalar ham ish bilan charchaganida ko‘ngil madaniy hordiq istaydi. Istagingizga hamohang tarzda o‘zingiz yashaydigan hududda istirohat bog‘lari bor bo‘lsa, tashrifingizdan mamnun bo‘lishingiz aniq.
Uzun tumanida ham aholining munosib hordiq chiqarishini o‘ylagan mutasaddilar B.Omonov nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ini foydalanishga topshirishdi. Ushbu maskanning ochilish marosimi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi Xabibulla Bozorov, nuroniylar, yoshlar hamda tuman aholisi ishtirok etdi.
Yangi bog‘ tumandagi aholining maroqli dam olishi, sport bilan shug‘ullanishi va madaniy hordiq chiqarishi uchun zamonaviy sharoitlarga ega. Ochilish marosimida tuman hokimi Xabibulla Bozorov so‘zga chiqib, ushbu bog‘ aholining ijtimoiy hayotida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi va bunday maskanlar yoshlar tarbiyasida ham katta ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun