G‘olib kim?

Date:

Surxondaryo viloyatida yoshlar o‘rtasida har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi bu gal ham yuksak ruhda tashkil etildi. Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Hayrobod garnizonida joylashgan harbiy qismda bo‘lib o‘tgan musobaqada viloyatning barcha tuman va shaharlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilaridan tashkil topgan “Vatan tayanchi” otryadlari ishtirok etdi.
O‘sib kelayotgan yosh avlodda Vatanga sadoqat, harbiy-vatanparvarlik ruhini shakllantirish, jismoniy va ruhiy tayyorgarlikni mustahkamlashga xizmat qilishni maqsad qilgan musobaqalar qizg‘in va murosasiz bellashuvlarga boy tarzda o‘tdi. Bu galgi bahslarda o‘z jismoniy tayyorgarligi, intizomi va bilimlari bilan ajralib turgan Denov tumani o‘quvchilari faxrli birinchi o‘rinni egallashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun