G‘oliblar finalga chiqadi

Date:

Yoshlarning bilim va iqtidorini sinovdan o‘tkazish maqsadida tez-tez “Zakovat” turnirlari o‘tkazib kelinadi. Ayniqsa, ushbu bilimlar bellashuviga yoshlarning qiziqishlari ham baland. Shu bois qamrov keng.
Termiz shahridagi 9-maktabida umumiy oʻrta taʼlim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining viloyati bosqichi bosqichi boʻlib oʻtdi. Turnirda maktablar ichidan tuman (shahar) bosqichida saralangan 45 ta jamoa ishtirok etdi. Har bir raund qizg‘in muhokama va murosasiz baxslarga boy o‘tdi.
Yakunda 1-oʻrin — Termiz tumani 1-maktab, 2-oʻrin Jarqoʻrgʻon tumani 12-AFCHOʻIMI, 3-oʻrin esa Angor tumani 29-maktab jamoalariga nasib etdi. Gʻolib boʻlgan jamoalar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Ushbu muvaffaqiyat ortidan yuqoridagi uchta taʼlim muassasalari 11-may kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan musobaqaning hal qiluvchi respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun