Futbol akademiyasi qurilmoqda

Date:

Futbolda yurtimizda yangi sahifa ochildi. Bu esa futbol ishqibozlarini yanada ruhlantirgani aniq. Ayni qiziqishlarga hamohang tarzda yurtimizda ham Prezidentimiz tashabbuslari va topshiriqlari asosida futbolni rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli islohotlar va loyihalar izchil amalga oshirilmoqda.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrifi chog‘ida “Nurli diyor” mahallasida joylashgan Surxondaryo futbol maktabi faoliyati va unda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Ayni maktab maydoni “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida zamonaviy uslubda ta’mirlanib, yosh futbolchilar uchun munosib sharoitlar yaratilgan.
Viloyat rahbari maktab sharoitlari bilan tanishgandan so‘ng, sportchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Ularning erishgan yutuqlari alohida e’tirof etildi va pul mukofotlari, shuningdek, rag‘batlantiruvchi vaucherlar topshirildi.
Tashrif doirasida hokim Termiz tumanida Eldor Shomurodov nomidagi futbol akademiyasi qurilishi bilan ham tanishdi. Unda 154 o‘rinli o‘quv binosi, yopiq va ochiq stadionlar, yotoqxona, oshxona hamda qo‘shimcha yordamchi inshootlar qurilayotgani qayd etildi. Mutasaddilarga loyihani yuqori sifatda va belgilangan muddatda yakunlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun