Bandligi ta’minlanmoqda

Date:

Ishsiz, chorasiz odamga yordam berish, hayotda, jamiyatda o‘z o‘rnini topish uchun ko‘maklashish davlatimizda ustuvor vazifalardan biriga aylangan. Bu borada Prezidentimizning “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotir. Ayni dasturni amalga oshirishga qaratilgan Farmonga muvofiq, og‘ir toifaga kiruvchi mahallalarda infratuzilmani rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash va bandlikni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Termiz tumanidagi “Uchqizil”, “Bunyodkor”, “Kelajak” va “Yangiyer” mahallalari og‘ir toifadagi hududlar sifatida belgilangan bo‘lib, ushbu hududlar “O‘zneftgaz” AJga biriktirilgan. Mas’ullar tomonidan mazkur mahallalardagi ishsiz aholi bandligini ta’minlash maqsadida 16 ta motokultivator hamda 5 ta ko‘chma savdo nuqtalari foydalanish uchun fuqarolarga topshirildi.
Tadbirda tuman hokimi Shuxrat Nazarov ishtirok etib, fuqarolarni yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishga, o‘zini o‘zi band qilish orqali oilaviy daromadni oshirishga chaqirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun