Kasalliklar profilaktikasidan yuqori texnologiyali davolashgacha

Date:

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Profilaktik tibbiyotning dolzarb muammolari: kasalliklar profilaktikasidan yuqori texnologiyali davolashgacha” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi. Ikki kun davom etgan anjumanda Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari, respublikaning barcha hududlaridan kelgan tibbiyot xodimlari, professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar hamda Tojikistonning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirok etdilar.

Anjuman doirasida sog‘liqni saqlash sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, profilaktika tibbiyotining dolzarb masalalari, erta tashxis va yuqori texnologiyalar asosidagi davolash usullari muhokama qilindi.

Turli mavzular bo‘yicha seksiya majlislari tashkil etilib, yosh olimlar o‘z ilmiy ishlari va innovatsion g‘oyalari bilan ishtirok etdilar. Tadbir davomida O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi bo‘yicha kelishib olindi. Anjuman yakunida maxsus rezolyutsiya qabul qilinib, profilaktik tibbiyotni rivojlantirishga qaratilgan muhim taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

SURXONDARYODA TADBIRKOR XOTIN-QIZLAR SALOHIYATI NAMOYON BO‘LDI

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan “Xalq bilan birga” umummilliy...

QUMQO‘RG‘ONDA HARBIY SHAHARCHA QURILDI

Harbiy xizmatchilar uchun munosib xizmat sharoitlarini yaratish, ularning samarali...

OLTINSOYDA YANGI XIZMAT

Oltinsoy tumani Oqarbuloq mahallasida Ochildiyeva Zarina Bahodir qizi tomonidan...

66 YOSHLI TERIMCHI 150 KILOGRAMDAN ORTIQ PAXTA TERDI

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanida bo‘lib, paxta...
KunTun
KunTun