Farovonlik sari…

Date:

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyatida og‘ir toifadagi 77 ta mahalla tanlab olingan. Ularda infratuzilmani yaxshilash va aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda. Angor tumanidan mazkur ro‘yxatga 5 ta mahalla kiritilgan.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi tashrifida “Qadimiy Angor” mahallasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Jumladan, aholining tomorqalardan samarali foydalanishini ta’minlash maqsadida sug‘orish tizimlarini ta’mirlash, suv nasosi o‘rnatish va ariqlarni betonlash ishlari o‘rganildi.

Mahalla faollari va nuroniylar amalga oshirilayotgan ushbu ishlar uchun davlatimizdan minnatdor ekanliklarini ta’kidlashib, aholi uchun tomorqadan foydalanish orqali daromad manbaiga ega bo‘lish imkoniyati yaratilganini ta’kidladilar.

Shuningdek, tashrif doirasida “Navro‘z” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi kanal yoqasida barpo etilayotgan “Yoshlar va turizm” ko‘chasi qurilishi ham ko‘zdan kechirildi. Loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkon va imtiyozlar kengaymoqda

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar harbiy qismda oliygohga...

Reklama xarajatlarini davlat qoplaydi

1-yanvardan boshlab mahalliy sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni...

Sport jihozlari topshirildi

Termiz shahridagi “Kurash” sport majmuasida viloyatdagi barcha mahallalar yoshlari...

Hokim o‘z daraxtini ekdi

Mamlakatimiz bo‘ylab keng quloch yozgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi...
KunTun
KunTun