Tizim tizimga solinadimi?

Date:

Koʻp qavatli xonadonda yashaydiganlar yaxshi biladi, ularga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oyma-oy toʻlovlarni olishni bilishadiyu, lekin muammoni hal qilishga kelganda yo paysalga solishadi, yo hech qanday sassadosiz yoʻqolib ketishadi. Kanalizatsiya, quvurlar va boshqa sabablar bilan kelib chiqadigan muammolarni esa fuqarolarning oʻzlari hal etishiga trio keladi. Toʻgʻri, oʻz ishini joy-joyiga qoʻyadigan shirkatlar ham bordir. Ammo guruch kurmaksiz emas-da.

”Yuksalish” harakati viloyat hududiy boʻlinmasi tomonidan “O’zbekiston-20З0” strategiyasi 60-maqsadi doirasida 2023/2024-yillarga moʻljallangan davlat dаsturlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlarida belgilangan vazifalarning (koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini rivojlantirish) oid vazifalar ijrosi boʻyicha Jamoatchilik eshituvi oʻtkazildi.

Jamoatchilik eshituvida ushbu yoʻnalishda amalga oshirgan ishlari yuzasidan Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari axboroti tinglandi.

Eshituv yakunida yigʻilish bayoniga kiritilgan taklif va tavsiyalar tegishli mutasaddi tashkilotga taqdimnoma sifatida kiritiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun