Tegishli tavsiyalar berild

Date:

iTermiz tumani prokurori Akmal Xalikov tomonidan Ichki ishlar bo‘limida Probatsiya guruhi nazoratida turgan shaxslar bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida nazorat ostidagi shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi, ularning huquq va majburiyatlari hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-1-sonli qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi hamda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Suv ta’minoti qamrovi 90 foizga yetkaziladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini...

Muhim qonun loyihalari ko‘rib chiqilmoqda

Ayni vaqtda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari...

Talaba-yoshlar giyohvandlikka qarshi kurashga chaqirildi

Yoshlar salomatligini asrash, ularni zararli odatlardan himoya qilish va...

Uchinchi Renessans g‘oyalari targ‘ib qilindi

Denov tumanidagi 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch ming...
KunTun
KunTun