Bayramga tuhfa

Date:

Bayram bayramdek oʻtishi uchun kutilmagan sovgʻa yoki yangilik boʻlsa, xursandchilik qoʻshaloq boʻladi. Boysun tumanidagi Sho‘rsoy mahallasida joylashgan 6-son umumta’lim maktabi ustozlari va oʻquvchi-yoshlari uchun “Navro‘z” bayrami ana shunday qoʻshaloq sovgʻalarga boy boʻldi.
Ayni ayyom arafasida maktab uchun yangidan zamonaviy futbol maydonchasi qurib foydalanishga topshirildi. Ushbu zamonaviy futbol maydonchasi 2024-yil 2-mavsum Tashabbusli byudjet dasturi obyektlarida qurilish, rekonstruksiya ishlari doirasida qiymati 655 million so‘m pul mablag‘i evaziga qurib bitkazildi.
Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari, mahalladagi nuroniy otaxonlar, faollar, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, deputatlar, ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Boysun tuman bo‘linmasi, maktab jamoasi hamda yoshlar ishtirok etishdi.

  • – “Navro‘z” shodiyonalari arafasi hamda muborak Ramazon kunlarida mahallamizda yana bir quvonchli kun! Yaqinda mahallamiz hududida hashar yo‘li bilan yangidan ko‘prik qurilib, xalqimiz xizmatiga topshirilgan bo‘lsa bugun ta’lim maskanida yoshlarimizni sport bilan shug‘ullanishlari, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida yangidan zamonaviy futbol maydonchasi qurib foydalanishga topshirildi, – deydi 1-darajali mehnat faxriysi Fayzullo Hamdamov.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Dorilar arzonlashadi

Aholi uchun dori-darmonlarning yanada qulay bo‘lishi maqsadida joriy yilning...

Muddat aniq, jazo qat’iy

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari...

Bog‘cha ochsa, imtiyoz bor

Maktabgacha ta’lim qamrovi past bo‘lgan hududlarda xususiy bog‘cha ochayotgan...

Mahsulotlar eksportga yo‘naltirilgan

Surxondaryo viloyatining qulay iqlimi va unumdor tuproqlari qishloq xo‘jaligi...
KunTun
KunTun