Tizimda yangi choralar belgilandi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qaroriga asosan, mahalla huquq-tartibot maskani tashkiliy-shtat tuzilmasiga qoida tariqasida, mikrohududga xizmat ko‘rsatuvchi profilaktika (katta, kichik) inspektorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha, probatsiya, yo‘l harakati xavfsizligi va patrul-post xizmatlari inspektorlari hamda tezkor-qidiruv xizmati xodimi kiritilib, Milliy gvardiya qo‘riqlash bo‘linmalarining naryadlari doimiy ravishda xizmat olib borishi tashkil etiladi.
Mikrohududlarda kunlik jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikning oldini olish, shu jumladan, ijtimoiy profilaktika tizimini joyida tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilib borish maqsadida ichki ishlar organlari profilaktika bosh inspektori lavozimi joriy etiladi hamda uning zimmasiga mahalla huquq-tartibot maskani faoliyatiga rahbarlik qilish vazifasi yuklanadi.
Shuningdek, yengil tan jarohati, mayda bezorilik, oilaviy, maishiy zo‘ravonlik, giyohvandlik vositalari va alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar “E-ma’muriy ish” axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan vaqtning o‘zida huquqbuzarlarga nisbatan avtomatik tarzda “E-ijtimoiy profilaktika” axborot tizimida ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha xulosa shakllantiriladi va ijroga qaratiladi.
Ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriladigan shaxslarga nisbatan shakllantirilgan har bir xulosalar ijrosi ustidan kunlik idoraviy nazorat mexanizmlari joriy etiladi. Mahallalarda huquqbuzarliklarning ijtimoiy profilaktikasini amalga oshiruvchi subyektlar va ko‘maklashuvchi shaxslarning faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlariga (KPI) ijtimoiy profilaktika tadbirlari natijalari kiritiladi hamda baholashda alohida inobatga olinadi.

Xurshid Nuraliyev,
Viloyat adliya boshqarmasi xo‘jalik faoliyati va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bosh maslahatchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Rahbarlar kitob ulashdi

“O'zbеkiston – kitobxonlar yurti” shiori ostidagi V Rеspublika...

“Chashma”dan birgalikda foydalanamiz

Oʻzbеkiston va Qirgʻiziston “Chashma” bulogʻidan birgalikda foydalanish boʻyicha kеlishuvga...

Milliy liboslar namoyish etildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.Mahkamova raisligida 2025-yil 19-mart...

Mehnati muvaffaqiyat keltirdi

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi - 2025” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika...
KunTun
KunTun