Bayram keng nishonlandi

Date:

Ayol — ona, ayol — jufti halol, u singil, u opa. Kim boʻlishidan qat’i nazar doimo eʼzoz va ardogʻimizdadir. Bejizga ularni gulga, bahorga mengzamaymiz. Bahor ham aynan munis ayollarimizning bayrami bilan boshlanishida ham bir hislat bordek.
Termiz shahridagi “Nigina” tantanalar saroyida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda shahrimizda turli sohalarda ko‘p yillar va samarali mehnat qilib kelayotgan fidoyi xotin-qizlar vakillari ishtirok etdi. Bayram tadbirida yig‘ilganlarni Termiz shahar hokimi O‘ktam To‘rayev samimiy muborakbod etib, ezgu tilaklarini bildirdi.
Tadbirda ayollarimiz eʼzozlandi, koʻklarga koʻtarildi. El suygan sanʼatkorlar va shahar madaniyat bo‘limi tomonidan ijro etilgan ona, tinchlik, bahor, mehr-muhabbat va sadoqatni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar hamda sahna chiqishlari barchaga bir olam quvonch ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun