Manzilli xayriya tadbirlari davom etmoqda

Date:

Oltinsoy tumanidagi Oqarbuloq madaniyat markazining katta zalida “Ramazon oyi — mehr-saxovat oyi” shiori ostida manzilli xayriya tadbiri o‘tkazildi. Tumandagi barcha mahallalardan tashrif buyurgan ehtiyojmand oilalar vakillari uchun dastlab chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Ko‘rikdan so‘ng, zaruratdan kelib chiqib, zaruriy dori-darmon vositalari bepul ulashildi.
Xayriya tadbiri konsert tomoshasiga ulandi. Ko‘rikka kelganlar tuman Madaniyat bo‘limining xushovoz xonandalari tomonidan ijro etilgan go‘zal kuy-qo‘shiqlarni tinglab, madaniy xordiq chiqardilar.
Tadbir bu bilan kifoyalanmadi, balki 103 nafar ehtiyojmand fuqaroga 14 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari joylangan xayriya qutilari tarqatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun