Bahs qizg‘in kechdi

Date:

Farg‘ona shahrida kurash bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida “Kurash malikalari” respublika turniri o‘z nihoyasiga yetdi. Aytish kerakki, kurash qizg‘in va murosasiz bellashuvlarga boy o‘tdi. Polvon qizlar bor kuch va mahoratlarini namoyish etib, raqibalarini halol yengdilar.
Quvonarlisi, turnirning jamoaviy bahslarida Surxondaryo viloyati jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, yakkalik bahslarda gilamga chiqqan Jarqo‘rg‘on tuman sport maktabining kurash malikalari ham g‘olib va sovrindor bo‘ldilar.
Komila Qaxxorova, Shohista Nazarova hamda Yulduz Muhammadiyevalar o‘z vazn toifalarida birinchi o‘rinni egalladilar. Jamoalar diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun