Saharlikda qanday taomlaniladi?

Date:

Ba’zi ro‘zadorlar kunning ikkinchi yarmida boshida og‘riq, xorg‘inlik yoki ochlik sezadi. Albatta, kun bo‘yi odatiy ovqatlanish rejimidan voz kechib, ro‘za tutishning o‘zi bo‘lmaydi. Bu odatiy holga aylanguniga qadar bir necha kun kerak bo‘ladi. Qolaversa, saharlikda to‘g‘ri ovqatlanmaslik ham mana shunday noxush holatlarni his etishga sabab bo‘lishini unutmaslik lozim.
Xo‘sh, aslida saharlik paytida qanday taomlanish tavsiya etiladi? Mutaxassislar, eng avvalo, bir stakan yoki yarim stakan iliq suv ichish bilan boshlashni maslahat beradi. Bu jarayonda sut mahsulotlaridan iborat oziq-ovqatlarni isteʼmol qilgan maʼqul. Jumladan, yengil, yogʻlilik darajasi past boʻlgan qaymoq yoki shirguruch, shu bilan birgalikda, soʻli boʻtqasi, arpa boʻtqasi, perlovka, grechka kabilar. Bularni mosh, loviya, noʻxatli mahsulotlar, goʻsht bilan birgalikda isteʼmol qilish tavsiya etiladi.
Iloji boricha goʻsht mahsulotlarini kamaytirish lozim. Isteʼmol qilayotgan mahsulotlarimizda tuzga juda ham katta eʼtibor berishimiz kerak. Saharlikda isteʼmol qilingan mahsulot tarkibidagi tuz, keyinchalik kun davomida roʻzadorni chanqatadi va ish faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Shuningdek, quritilgan meva, yongʻoq yoki isteʼmolga yaroqli danakli mahsulotlar isteʼmol qilinsa, bu albatta, organizmga kerakli boʻlgan vitamin va minerallar zaxirasiga ijobiy taʼsirini koʻrsatadi. Mutaxassislar qandolat mahsulotlariga ehtiyotkor yondashish kerakligini aytishadi. Bundan tashqari, saharlik vaqtida ichiladigan choyning achchiqlik darajasiga ham eʼtibor qaratish zarur. Choyning oʻrniga qaynatilgan suv yoki shakar qoʻshilmagan tabiiy meva sharbatlarini ichish ancha foydali hisoblanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitobga oshno harbiylar

Bugungi kunda mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar va turli...

Denov— Yangi O‘zbekiston qiyofasida

Mamlakatimizda aholi farovonligini ta’minlash, tadbirkorlikni keng qo‘llab-quvvatlash va hududlarni...

Qalbga taskin, hayotga ishonch

Muqaddas Ramazon oyi – bag‘rikenglik, sabr-qanoat va saxovat timsoli....

Ishlar jadal tus olgan

Muzrabot tumanining “Xalq yo‘li” mahallasida infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan keng...
KunTun
KunTun