Maqsadga yetish yanada osonlashadi

Date:

Oliy ta’limda xalqaro tajriba, jahon standartlariga moslashuv yaxshi samara beradi. Ayniqsa, xorijlik pedagog-olimlarning o‘zlari yurtimizga kelib, ilmiy izlanishlar olib borib, dars berish istagini bildirib turganda maqsadga yetish yanada osonlashadi.
Ayni maqsadda, Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov turkiyalik antropolog olima Eje Demirellini qabul qildi. Muloqotlarda Eje Demirelli O‘zbekistondagi bir qancha oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot markazlarida bo‘lganligini ta’kidlab, o‘z yo‘nalishi va mutaxassisligi, ya’ni antropologiya bo‘yicha tadqiqotlar, izlanishlar olib borishi uchun Termiz davlat universitetida qulay muhit va akademik salohiyat shakllanganligini e’tirof etdi.
Olima ayol universitet professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda Termiz davlat universitetiga pedagog sifatida faoliyat yuritish istagi borligini aytdi. Muzokaralar jarayonida tomonlarni qiziqtirgan savollar o‘rtaga tashlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun