Chempion bilan uchrashuv

Date:

Endigina tetapoya qilayotgn farzandimning baquvvat panjalariga tikilib turib, qaniydi, o‘g‘lim ham Bahodir Jalolovdek bakschi bo‘lsa, deya shirin xayolga berilaman. Mendek ana shunday orzumand onalar ko‘p bo‘lsa kerak. Maktabidagi devoriy gazetalarda Bahodir Jalolovni ko‘rgan bolalar ham xuddi uningdek bo‘lishni istashi aniq.
Sariosiyo tumani ixtisoslashtirilgan maktab internatida tashkil etilgan uchrashuvda esa endigina unib kelayotgan er o‘g‘lonlarning qarshisida ikki karra olimpiada chempioni, Parij-2024-yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni va sovrindori Bahodir Jalolovning o‘zi ko‘rinish bergani esa sportga, boksga ishtiyoqmandlar sonini oshirib yuborgandir.
Haqiqatan ham uchrashuv qiziqarli, qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘ldi. Axir hamma ham sportchining muvaffaqiyat sirlarini, u bosib o‘tgan mashaqqatli, ammo dovrug‘li yo‘l haqida bilishni istaydi. Aytiladigan har bir fikr esa yosh muxlislarning kelajak taqdirlarini o‘zgartirib yuborsa, ajab emas.
Eng qizig‘i esa yakunda bo‘ldi. Bahodir Jalolov yosh muxlislarini dasxati tushirilgan tuhfalar bilan xursand qildi.

Oldingi sahifa“PROAKTIV” shaklda…
Keyingi sahifaTanlov

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun