“Halol” bahosi bilan

Date:

Kurashda halollik muhim. Aks holda mardlar sinovi deyilmasdi. Polvonlar ham maydonga tushdimi, raqibini halol yengishga jon-jahdi bilan harakat qiladi. Ayni harakatlari bilan polvon el mehri va ixlosini qozonadi.
Sportning milliy kurash turi bo‘yicha Toshkent shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi uchun bo‘lgan kurashda ham halollik eng oliy me’zon bo‘lib xizmat qildi. Polvonlar kurashini kuztaish maroqli kechdi. Surxondaryolik polvon Husniddin Murodaliyev -90 kilogramm vazn toifasida ishtirok etib, barcha raqiblarini muddatidan oldin “halol” bahosi bilan yengib, g‘alaba qozondi.
Sportning kurash turi bilan shug‘ullanayotganimga besh yil bo‘ldi, — deydi Husniddin Murodaliyev. — Sho‘rchi tumani 2-son sport maktabining mahoratli murabbiylaridan kurashning barcha sirlarini o‘rgandim. Bir qancha sport musobaqalarida ishtirok etib, sovrindor bo‘lganman. 2-son sport maktabining mahoratli murabbiylaridan o‘rganganlarimni amaliyotda qo‘llab, ularning menga bildirgan ishonchi bilan O‘zbekiston kubogi chempionatida ishtirok etib, oltin medalni qo‘lga kiritdim.
Yosh sportchi Husniddin Murodaliyev murabbiylarining ishonchini oqlash bilan birga g‘alaba qozonganidan juda mamnun.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun