To‘lov qobiliyati yuqori bo‘lsa…

Date:

Davlat bog‘chalari bilan birga nodavlat bog‘chalarning tashkil etilayotgani bolalarni bog‘chaga qamrovini yanada tezroq oshirishga xizmat qilmoqda. Albatta, bunda davlat va nodavlat bog‘chalardagi oylik to‘lovlarning farqi bor. Imkoniyati, ya’ni to‘lov qobiliyati bor ota-ona farzandini nodavlat bog‘chalarga berishi mumkin. Gap ayni jihat haqida ketganda, to‘lov qobiliyati yuqori mahallalarda nodavlat bog‘chalar ochilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda Vazirlar Mahkamasining “2025-2026-yillarda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori dasturil amal bo‘lib xizmat qiladi. 2025-yil yakuniga qadar bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini 80 foizga yetkazish vazifasi qo‘yilgan. Hujjatga ko‘ra turmush darajasi va to‘lov qobiliyati yuqori bo‘lgan (kam ta’minlangan oilalar soni kam) mahallalarda DXSH asosida nodavlat bolalar bog‘chalari, olis va chekka hududlardagi mahallalarda (tuman va shaharlar markazida emas) oilaviy nodavlat bolalar bog‘chalari, daromad darajasi past (nisbatan kam ta’minlangan oilalar soni ko‘p) va demografik o‘sish sur’ati yuqori tumanlarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari DXSH asosida tashkil etilib, davlat kreditlari va grantlari, shuningdek xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Ijtimoiy muassasalarning bo‘sh turgan binolarida qisqa muddatli guruhlar tashkil etiladi.

Hujjat bilan 2025-2026-yillarda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi hamda 3-7 yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishning maqsadli ko‘rsatkichlari, Jahon bankining “Erta yoshdagi bolalar rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘yin maydonchalari va tayyorlov guruhlarini stol va stullar bilan jihozlash ko‘rsatkichlari tasdiqlangan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Banklar oltin sotadimi?

O‘zbekistonda banklarga oltin sotish va xarid qilish huquqini kafolatlovchi...

Sayohat, ma’rifat va tozalik…

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi...

Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va...

Obodonlashtirish yangi bosqichda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli,...
KunTun
KunTun