Tajribamiz ommalashmoqda

Date:

Prezidentimiz tomonidan belgilangan yangi tizim doirasida aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda tashkil etilgan Respublika seminari ayni paytda Surxondaryo viloyatida o‘tkazilmoqda.

Mazkur tadbirda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zaxidov ham ishtirok etib, yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan mutasaddilar bilan birga Termiz tumani “Qahramon” mahallasida joylashgan Surxondaryo tomorqa maktabi, Angor tumani “Bahor” va “Ilg‘or” mahallalarida yetishtirilayotgan mahsulotlarning eksport jarayonlari, shuningdek, Qumqo‘rg‘on va Sariosiyo tumanlarida tomorqadan samarali foydalanish hamda ko‘chatchilik loyihalari bilan tanishdi.

Seminar doirasida mahallalarda tomorqa va ijara yerlaridan unumli foydalanish, xususan, “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlarni yanada rivojlantirish, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni ko‘proq yetishtirish orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, seminar ishtirokchilariga Surxondaryo viloyatida yaratilgan ilg‘or tajriba taqdim etilib, ushbu modelni mamlakatimizning boshqa hududlarida ham keng joriy etish zarurligi qayd etildi.

Oldingi sahifaTadbirkorlik rivojlanadi
Keyingi sahifaJarimasi oshsa…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun