Foydalanilmasa, bloklanadi

Date:

Banklar 12 oydan ortiq muddat davomida amaliyotlar ro‘y bermagan kartalarni bir tomonlama bloklashlari mumkin. Bu haqda Humo to‘lov tizimi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Kutilmaganda bloklanishning oldini olish uchun, foydalanilmayotgan Humo kartalarni oldindan vaqtinchalik bloklab qo‘yish tavsiya etiladi. Bu kartalar xavfsizligini ta’minlashga va ularni bank tomonidan (zaruriyatsiz) bloklanishining oldini olishga yordam beradi.

Biroq Markaziy bank tijorat banklari uchun 1 yildan beri foydalanilmayotgan kartalarni bloklash bo‘yicha talablar joriy etilishini rasman e’lon qilmagan.Ayni paytda tijorat banklari tomonidan fuqarolarga tegishli bank kartalari haqida SMS xabarlar yuborilmoqda. Markaziy bank bunga izoh berib, ushbu SMS xabarlar fuqarolarni ularning nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari to‘g‘risida xabardor qilish maqsadida yuborilayotganini bildirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun