“Boburxonlik kechasi”da

Date:

Ajdodlar qoldirib ketgan ulkan ma’naviy merosni o‘rganish, ular bilan tanishish biz avlodlarning burchimizdir. Shunday ekan, bolalikdan o‘z burchimizni bajraishni boshlamog‘imiz lozim. Holbuki, buyuk bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur bola yoshidan davlat ishlarini bajargani bolajonlarga nisbatan to‘g‘ri baho berishimizga munosib turtki bo‘ladi. Aynan Bobur shaxsiyatini o‘rganish, shoh va shoirning g‘azal hamda ruboiylarini yod olib, mag‘zini chaqa bilishni o‘g‘il-qizlarimiz bog‘cha yoshidan boshlashgani, bizni to‘g‘ri yo‘lda ekanimizni ko‘rsatadi.
Jarqo‘rg‘on tumanidagi 40-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida buyuk shoir, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasiga bag‘ishlangan “Boburxonlik kechasi”da ruboiylarni ifodali yod aytib berayotgan yoshlarni kuzatib, ayni fikrga kelish mumkin bo‘ldi. Tadbir davomida bolajonlar Bobur hayoti va ijodi haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, bobomiz hayotidan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi va kuy-qo‘shiqlar ijro qilindi.
Mazkur tadbir yosh avlodga Bobur merosini tanishtirish, u qoldirgan bebaho adabiy va tarixiy merosni qadrlash hamda milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun