“Soyali sayr ko‘chalari” tarmog‘i yaratiladi

Date:

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida“gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq, 2025-yilda mahallalarning ekologik qiyofasini yaxshilash, ko‘chalarda yashillik darajasini oshirish, ekologik jihatdan qulay va farovon yashash muhitini shakllantirish borasida aholi uchun barpo etilayotgan piyodalar va alohida velosiped yo‘laklari bo‘yida daraxtlar va o‘simliklarni ekish orqali “Soyali sayr ko‘chalari” tarmog‘i yaratilishi, sohil va daryo bo‘ylarida 80 ta infratuzilma obyekti va 110 kilometrdan ortiq sog‘lomlashtirish yo‘laklari qurilishi ta’minlanadi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi va “Mening bog‘im” loyihasi doirasida 200 million tup daraxt hamda butalar ekilishi, “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”da quyosh panellari yordamida quvvatlanuvchi yoritgichlardan foydalaniladi. Shuningdek, Orol dengizi tubida 100 ming gektar “yashil maydon” barpo etilishi va Orolbo‘yi mintaqasidagi o‘rmonzorlar 2,1 million gektarga yetkazilishi rejalashtirilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Surxondaryo, Jizzax, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida davlat “in-vitro” laboratoriyalari tashkil etilib, jamoatchilik, ekofaollar va biznes vakillarining tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash akseleratsiya tizimi joriy etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Xayrabod”da Navro‘z shukuhi

Xayrabod garnizonidagi harbiy qismda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan...

Yashamasa, ro‘yxatdan chiqariladi

2026-yil 1-martdan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)...

Tabiatdan ilhomlanib…

Tabiat – ijodkorning eng katta ilhomi. Musaffo havo, quyosh...

Yangi ko‘prik quriladi

Prezident tashrifi chog‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo...
KunTun
KunTun