O‘zbekistonda dron ishlab chiqariladi

Date:

O‘zbekiston delegatsiyasining Malayziyaga xizmat safari davomida hamkor davlat bilan aqlli qishloq xo‘jaligi texnologiyalari va dronlar ishlab chiqarish, sholichilik, baliqchilik, kauchuk yetishtirish, meva-sabzavot va ipak mahsulotlarini eksport qilish kabi yo‘nalishlarda amaliy hamkorlik ishlarini boshlashga kelishib olingan edi. Xususan, Malayziyaning Meraque kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hududida aqlli qishloq xo‘jaligi texnikalari va dronlarni mahalliylashtirgan holda ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Bundan tashqari, Malayziya Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlarini rivojlantirish instituti va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar markazi o‘rtasida imzolangan kelishuv asosida Malayziyalik seleksioner olimlar tomonidan yaratilgan sho‘rga va suvsizlikka chidamli, qora, uzun hamda aromatik sholi navlarini O‘zbekistonda tajriba sifatida ekib ko‘paytirish uchun urug‘lar olib kelinadi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda yetishtirilgan «devzira» sholi urug‘lari Malayziyaga jo‘natiladi.
Malayziya Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi vazirligining Baliqchilik departamenti hamda «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasi hamkorligida O‘zbekistonda Malayziyaning yangi texnologiyalari asosida intensiv baliqchilik, bioflok va krivetka yetishtirish loyihalari yo‘lga qo‘yiladi. Malayziya Qishloq xo‘jaligi marketing agentligi bilan hamkorlikni rivojlantirish orqali O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavot va ipak mahsulotlarini eksport qilish yo‘lga qo‘yiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun