Termizda ham Botanika bog‘i quriladi

Date:

Termiz shahrida botanika bog‘ini barpo etish loyihasi bir necha bor viloyat rahbariga taqdimot qilinib, tegishli tavsiyalar asosida takomillashtirildi va bog‘ qurilishiga rasman start berildi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, bog‘ning tamal toshini qo‘ydi.

Shuningdek, mutasaddilarga qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish, bog‘ni aholi uchun qulay va tabiat go‘zalligini o‘zida jam etgan hududga aylantirish vazifalari topshirildi. Yangi botanika bog‘i Termiz shahri aholisi va mehmonlari uchun dam olish maskani bo‘lish bilan birga noyob o‘simlik turlarini o‘rganish va asrab-avaylash imkonini yaratadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun