Chempionat yakunlandi

Date:

Sport vaqtni qiziqarli o‘tkazishga, tajriba oshirishga xizmat qiladi. Bilmagan, anglamagan haqiqatlarni anglash fursatini beradi. Aynan qaysidir sport turi bilan mashg‘ul bo‘lib, munosib bo‘lishga intilamiz. Musobaqalar esa buni anglab yetishimizga sharoit yaratadi.

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yengil atletikaning kross va sportcha yurish turlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Turgan gapki, musobaqaga mahoratli, kuchli va epchil yoshlar ishtirok etib, kuch sinashdilar. Ayniqsa, musobaqaning kross yo‘nalishida ishtirok etgan Jarqo‘rg‘on tuman sport maktabining yosh atletlarining ishtiroki e’tibor va e’tirofga sazovor bo‘ldi. Sportchilarimiz g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldilar.

Quvonarlisi, E’zoza, Yo‘ldosheva, Aliyorbek Aliyev,  Farzona Jo‘rayeva, Gulsevar Irgashevalar 2- va 3-o‘rinlarni qayd etishgan bo‘lsa, Munavvar Xolto‘rayeva 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun