Endi «Halol» belgisi bilan…

Date:

O‘zbekistonda 2025-yilning 1-mayidan Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti (SMIIC) standartlari talablari asosida sertifikatlashtirilgan mahsulot va xizmatlarni «Halol» belgisi bilan tamg‘alashga ruxsat beriladi. Bu borada Hukumatning joriy yil 1-fevral kuni 57-son qarori qabul qilindi.
Mazkur hujjat bilan, jumladan, Mahsulotlar va xizmatlarni «Halol» talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Shuningdek, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida mahsulot va xizmatlarni «Halol» talablariga muvofiq sertifikatlashtirish organi tashkil etiladi va akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun