G‘oyalaringizni haqiqatga aylantiring

Date:

Tadbirkorlik qilish uchun g‘oyalar nihoyatda ko‘p. Biz e’tibor bermayotgan yo‘nalish katta aromad keltirishini bilmasligimiz mumkin. Buning uchun talab va ehtiyojni o‘rgangan holda biznes g‘oya tuzib, uni ro‘yobga chiqarish lozim. Shundagina xayollar haqiqatga aylanadi. Termiz shahrida Startup Garage, Aloqabank va AloqaVentures bilan hamkorlikda “Himoyalangan tuproqlarda zamonaviy qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish hamda qishloq xo‘jaligida biznesni rejalashtirish, moliyalashtirish, marketing va brendlash” mavzusida seminar trening o‘tkazildi.
Ikki kunlik startaplarga yaratiladigan imkoniyatlar ko‘rsatiladigan xizmatlar, investitsiya jalb qilish imkoniyatlari taqdimotlari, muvaffaqiyatga erishgan startap asoschilarining tajriba almashinuv suhbatlari, startaplar uchun pitch sessiyasi hamda mutaxassislar, startaplar, tadbirkorlar va mehmonlar bilan networkinglar o‘tkazildi. Suhbatlar, muvaffaqiyatga erishgan insonlarning fikrlari, mutaxassislarning tavsiyalari esa tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan yoshlarning e’tiborini tortib, qiziqishlarini oshirdi.
Bunday tashabbuslar, albatta, yoshlarning istaklarini, g‘oyalarini haqiqatga aylantirib, muvaffaqiyatga boshlashi aniq.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun