EGASIDA QOLGAN SOVG‘A

Date:

YAPONIYANING POYTAXTDAN UNCHA UZOQ BO‘LMAGAN BIR QISHLOG‘IDA KEKSA SAMURAY YASHARDI. KUNLARNING BIRIDA U O‘Z SHOGIRDLARI BILAN MASHG‘ULOT O‘TKAZAYOTGANDI. URUSHQOQLIGI VA BESHAFQATLIGI BILAN NOM QOZONGAN YOSH JANGCHI ULARNING MASHG‘ULOTIGA KELIB, OTASI TENGI SAMURAYGA HALAQIT BERA BOSHLADI. BU HAM YETMAGANDAY KEKSA JANGCHINI SO‘KIB, HAQORAT QILDI.
KEKSA SAMURAY ESA PARVO QILMAY MASHG‘ULOTINI DAVOM ETTIRAVERDI. SHOGIRDLARI USTOZINING BU ISHIDAN AJABLANISHIBDI:
— USTOZ, NEGA INDAMAYAPSIZ? AXIR U SIZNI ROSA HAQORAT QILDIKU? JANG QILSANGIZ, U SO‘ZSIZ YENGILARDI.
KEKSA SAMURAY SHOGIRDIGA DEDI:
— GAPINGIZ TO‘G‘RI, SIZ O‘YLAGANDEK QILSAM BO‘LARDI. AMMO SIZLARGA BIR SAVOLIM BOR, YA’NI KIMDIR SIZGA SOVG‘A OLIB KELDI. SOVG‘ANI OLMADINGIZ. XO‘SH, SHUNDA SOVG‘A KIMDA QOLADI?
SOVG‘A O‘Z EGASIDA QOLADI-DA, — JAVOB BERDI SHOGIRDLARI.
— XUDDI SHUNDAY BO‘LADI. TO‘G‘RI TOPDINGIZ.
YOSH JANGCHIDAGI G‘AZAB, SO‘KINISH, KO‘ROLMASLIK VA BOSHQA YOMON ILLATLARGA MEN JAVOB QAYTARMADIM.
— TO‘G‘RI! U XAFA BO‘LIB, JO‘NAB QOLDI.
— DEMAK, YURAGIDAGI G‘AZAB-U SO‘KINISHLARNI O‘ZI BILAN OLIB KETDI. BIZ UNGA E’TIBOR BERMADIK.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun