“Ezgulikka baxshida umr”

Date:

Termiz davlat universitetida professor Parda Ismoilovning 80 yilligiga bag‘ishlanib “Ezgulikka baxshida umr” mavzusida yubiley tadbiri tashkil etildi. Unda ustozning hamkasblari, shogirdlari, oila a’zolari qatnashdi. Tantanali tadbirda ishtirok etgan universitet rektori A.Toshqulov professor Parda Ismoilovning faoliyati bilan bog‘liq ibratli voqealarni esga olib, mehnat faoliyatlari davomida 12 ta darslik, 13 ta o‘quv qo‘llanma, 8 ta uslubiy qo‘llanma va 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, 10 ta ertaklar to‘plami va ko‘plab hikoyalar yozgan ilm fidoyisining buyuk xizmatlarini e’tirof etish ulkan sharaf ekanligini ta’kidladilar.
Tadbirda hayot yo‘li bilan ibrat maktabini yaratayotgan faxriy ustozga ehtirom ko‘rsatildi. Esdalik uchun suratlarga tushildi. Ta’kidlanganidek, “ustoz-shogird” an’analari, qariyalarni qadrlashdek ezgu qadriyatlarimiz bo‘y ko‘rsatgan tadbir barcha ishtirokchilar uchun esda qolarli bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun