Qishki ta’til biz bilan maroqli

Date:

Uzun tumani “Barkamol avlod” bolalar maktablari tomonidan qishki ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning to‘garaklarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va aqliy kamol topishiga ko‘maklashish maqsadida davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Ayniqsa, sport turlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqalar yoshlarning vaqtini maroqli o‘tkazish bilan birga sog‘lom turmush tarzini odatlantirishga, sportga qiziqishlarini oshirib, yanada chiniqishlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Vohamizning diqqatga sazovor joylari, madaniy meros obyektlari, ziyoratgoh va muqaddas qadamjolar, muzeylarga uyushtirilayotgan sayohatlardan ham yoshlar olam-olam zavq olishayotir. Ijodiy ishlar — rasmlar ko‘rgazmalari esa barcha ijodga, san’atga oshno etayotir. Bir so‘z bilan aytganda qishki ta’til kunlarini maroqli va mazmunli o‘tkazish ishlari davom etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun