Monitoring qilinadi…

Date:

Hukumat qarori bilan “Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishini masofadan monitoring qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Nizom masofadan monitoring qilish asoslari, tartibi va muddatlari, natijalarini rasmiylashtirish va ko‘rib chiqish hamda masofadan monitoring qilish yakuni bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan ta’sir choralarini qo‘llashni nazarda tutadi.
Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan masofadan monitoring qilinadi. Masofadan monitoring qilish rejali va rejadan tashqari asoslarda o‘tkaziladi.
Agentlik davlat organlari va tashkilotlarini masofadan monitoring qilish boshlanganligi yoki o‘tkazilayotganligi haqida oldindan ogohlantirmaydi (xabardor qilmaydi). Masofadan monitoring qilish yakuni (natijasi) bo‘yicha qonunchilik hujjatlarining buzilishi aniqlangan holatlar yuzasidan ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi. Ma’lumotnomada qayd etilgan qonunchilik hujjatlarining buzilishi Agentlikning huquqiy ta’sir hujjati shaklida monitoring qilingan davlat organi va tashkilotiga yuboriladi.
Huquqiy ta’sir hujjati davlat organi va tashkilotiga kelib tushgan sanadan e’tiboran 10 kun muddatda ko‘rib chiqilishi va natijasi bo‘yicha Agentlikka yozma axborot berilishi shart.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Banklar oltin sotadimi?

O‘zbekistonda banklarga oltin sotish va xarid qilish huquqini kafolatlovchi...

Sayohat, ma’rifat va tozalik…

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi...

Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va...

Obodonlashtirish yangi bosqichda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli,...
KunTun
KunTun