Poyezdda yiliga bir marta bepul yurish mumkin

Date:

Qulaylik, imtiyoz barchaga yoqadi. Ayniqsa, doimiy tarzda ish yoki boshqa sabablar bilan boshqa viloyatlarga tez-tez chiqib turuvchilar yo‘l chiptalarida chegirma istashi tabiiy hol. Aholiga ana shunday qulaylik yaratish hamda Temir yo‘l transporti sohasidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Mazkur qonun joriy yilning 1-yanvaridan kuchga kirdi.
Amaldagi “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi qonun davr talabiga javob bermasligi, undagi ko‘plab tushunchalarning ma’nosi bugungi kunda eskirgani sababli yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunga 17 yangi tushuncha kiritildi. Jumladan, “temir yo‘l transporti” “umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti”, “vakolatli tashkilot”, “temir yo‘l transporti yo‘lovchisi”, “yuk”, “muhofaza zonasi” va boshqa tushunchalar alohida moddalarda o‘z aksini topib, ularga doir talablar belgilandi.
Bir-biriga nomuvofiq va havolaki normalar qayta ko‘rib chiqildi. Xususan, “temir yo‘l transporti” tushunchasi qayta ko‘rib chiqildi va yangi tahrirda bayon etildi. Bunda respublikaning temir yo‘l transporti belgilangan maqsadlar bo‘yicha umumiy foydalanishdagi va umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘l transportiga ajratildi.
“Temir yo‘l transporti infratuzilmasi” tushunchasi ushbu qonunda nazarda tutilgan turli xil obyektlarni o‘z ichiga oluvchi texnologik majmua sifatida ifoda etildi.
Qonunga yangi moddalar ham kiritildi. Xususan, temir yo‘l transporti tashuvchisining yo‘qotishlari va zararlarini qoplash to‘g‘risida (30-modda) meyorlar kiritildi. Chunki, amalda yo‘lovchilarni temir yo‘l transportida tashishdan ko‘rilgan zararlar tashkilotga ortiqcha yuklatilgan bo‘lib, Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanishi nazarda tutilmagan edi. Konstitutsiyaning 19-moddasini ta’minlash maqsadida alohida toifadagi yo‘lovchilarga temir yo‘l transportida yiliga bir marta bepul yurish huquqi belgilandi.
Qonun temir yo‘l transporti sohasidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, tadbirkorlik faoliyati uchun shart-sharoit yaratish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, temir yo‘l transporti va xalqaro tashuvlar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Qahramon”ning qiyofasi o‘zgarmoqda

Yurtimizda mahallalarni obod qilishga qaratilgan “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”...

Yoshlar — ilm va innovatsiya chorrahasida

Yurtimizda Prezident tashabbusi bilan ta’lim, fan va ishlab chiqarish...

Mening hissam

Yoshlar orasida kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirish, o‘quvchi va talabalar...

Adolat va halollik—bosh mezon

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan...
KunTun
KunTun