O‘g‘il-qizlarga quvonch bag‘ishlab…

Date:

Harbiy xizmat har bir o‘g‘lonning yigitlik burchidir. Bu burchni farzandlarimiz o‘zlariga sharaf deb bilib bajaradilar. Ayniqsa, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida ularni harbiylik hayoti bilan tanishtirsak, qurol-aslahalardan foydalanishlariga imkoniyat yaratsak, bunday yoshlar kelgusida yurt koriga yarashga, uning xizmatiga kamarbasta bo‘lishga urinishadi.
Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasining Qiziriq tumanlararo Qo‘riqlash bo‘limi hamda Milliy Gvardiya Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi Bolalar bilan ishlash boʻlimi Qiziriq tumani inspektor-psixologilari bilan hamkorligida tumanda joylashgan 29-sonli maktabda “Yoshlar – milliy armiyamiz nigohida” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi. Unda yoshlarimizning vataniga bo‘lgan sadoqati va uni yuksaltirishga oid amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan suhbat-tushuntirishlar olib borildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun