Maxsus reydlar o‘tkazilmoqda

Date:

Bayram risoladagidek o‘tishi, har birimiz yangi yilni ko‘ngildagidek kutib olishimiz lozim. Aholi xavfsizligini o‘ylagan soha xodimlari bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylarda noxush holatlar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida maxsus reydlar o‘tkazilmoqda.
Xususan, Termiz tumani markazida o‘rnatilgan yangi yil archasi atrofida jamoat aholiga bayramona kayfiyat ulashishni ko‘zlab viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari R. Namazov yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Aholiga ko‘tarinki kayfiyat ulashish, ularning xavfsizligi va osoyishtaligini ta’minlash, turli ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, tuman hokimligida tashkil etilgan, tun-u-kun ishlovchi navbatchilik shtabi faoliyati bilan ham tanishildi. Aholini energiya resurslari va boshqa kommunal xizmatlar bilan barqaror ta’minlash, murojaatlarni qabul qilish, hal etish hamda joylarda aniqlangan avariya holatlarini tezkor bartaraf etish yuzasidan soha rahbarlariga vazifalar topshirildi.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun