Mahallada infratuzilma yaxshilansa…

Date:

Mahalla infratuzilmasini yaxshilash aholi hayotini farovonlashtirishga xizmat qiladi. Shu sabab, o‘zgarish va yangilanishlar aynan mahallalardan boshlanayotir. Amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qilish esa mas’ullar mas’uliyatini oshiradi.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumani “Kofrun” mahallasida joylashgan Jiydali ota maqbarasidagi sharoitlarni ko‘zdan kechirib, mahallalarda infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush farovonligini oshirish borasida olib borilgan ishlar bilan tanishdi.
Jumladan, shu maqsadlarda 34,5 kilometr avtomobil yo‘li ta’mirlandi, 51,8 kilometr elektr tarmog‘i tortilib, 9 ta transformator va 800 ga yaqin beton ustun o‘rnatildi, shuningdek, 26 km ichimlik suvi tarmog‘i yotqizilib, 2 ta suv saqlash inshooti qurildi. Bundan tashqari 4 ta maktab binosini ta’mirlash hamda 14 ta mahallani obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Tuman hokimi va qurilish sohasi mutasaddilari amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi. Shuningdek, mahalla “yettiligi”ning faoliyati yuzasidan hisobotlari tinglandi. Aholini tadbirkorlikka jalb qilish, yangidan qurilgan suv ombori imkoniyatlaridan foydalangan holda tomorqada mahsulot yetishtirish tajribasini oshirish yuzasidan tuman rahbariyati va mahallalar “yettiligi”ga vazifalar belgilab berildi.
Davlatimizning qaratayotgan e’tibori, amalga oshirayotgan tadbirlari uchun nuroniylar o‘z minnatdorligini bildirib, yurt tinchligi va osoyishtaligi hamda yangi yilning barokatli kelishini so‘rab duoga qo‘l ochdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...

Izlagan imkon topar

Hududlarda tadbirkorlik va investitsiya muhitini yaxshilash natijasida avval foydalanilmagan...
KunTun
KunTun