Qumqo‘rg‘onlik o‘qituvchi xalqaro turnirda

Date:

Toshkent shahridagi “Universal” sport majmuasida kurash sport turi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun jahon professionallar seriyasi xalqaro turnirining final bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlaridan eng kuchli polvonlar ishtirok etdi.
Surxondaryo viloyatidan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi Yulduz Muhammadiyeva ham mazkur musobaqada munosib ishtirok etib, 87 kilogramm vazn toifasida g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Aytish kerakki, Yulduz Muhammadiyeva kurash sport turi bo‘yicha xalqaro toifadagi, sambo sport turi bo‘yicha esa respublika toifasidagi sport ustasi. U Hindistonda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati va Eronda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.
Yaqinda Qashqadaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionatida g‘alabaga ega bo‘lgan o‘qituvchimiz yoz oylarida Tailandda bo‘ladigan musobaqada ishtirok etadi. Ushbu muvaffaqiyatlari bilan ustozni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi jamoasi nomidan qutlaymiz va kelgusida bundanda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun