Qadriyatlar tarannumi…

Date:

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari o‘rtasida “Yurtim qadriyatlari” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlov mamlakatimizda amalga oshiralayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, talaba-yoshlarni ezgu maqsadlar sari ilhomlantirish hamda ajdodlar merosini o‘rganish maqsadida tashkil etildi.
Jamoalar milliy an’ana, qadriyat va urf-odatlarimizni tarannum etuvchi chiqishlar qilishgan bo‘lsa, ikkinchi shartda kompozitsion musiqiy chiqishlar bilan barchaning e’tiborini tortishdi. Albatta, ushbu chiqishlarda ham milliyligimiz, san’atimiz ufurib turdi. Uchinchi shart esa “Jadidlar jasorati — millatimiz faxri” deb nomlandi va tomoshabinlar ham ushbu shart orqali jaded bobolarimiz haqidagi bilim va tasavvurlarini boyitdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, mexanika va konchilik ishi fakultetining “Sarmangam” jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun