Joriy yil boshida Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Xitoy ta’lim forumida Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov tomonidan Xitoyning nufuzli universitetlari bilan talabalar va o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, stajirovka, o‘quv kurslari, ilmiy konferensiya va o‘quv dasturlarini tashkil etishda o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan edi.
Ayni kelishuvlarga asosan, joriy yilning oktyabr oyida Termiz davlat universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahar universiteti vakillari tashrif buyurgani-yu jarayonda tarix, milliy libos va san’at, iqtisodiyot va turizm fakultetlari talabalari hamda professor-o‘qituvchilari uchun maxsus seminar-treninglar, o‘quv mashg‘ulotlari ham tashkil etilganidan xabaringiz bor.
Hamkorlikning navbatdagi bosqichida universitetimizning bir guruh professor-o‘qituvchilari PSHUning san’at hamda TerDUning milliy libos fakulteti o‘rtasida “O‘zbek-Xitoy madaniy merosi va hunarmandchiligini o‘rganish markazi”ni tashkil qilish hamda talabalar tomonidan tayyorlangan san’at asarlari ko‘rgazmalarini dastlab onlayn, keyin esa oflayn tarzda o‘tkazish, shuningdek, ikki mamlakatning ma’daniy merosi bo‘lgan qadimiy hunarmandchilik topilmalarini qayta tiklash bo‘yicha muzokaralar olib borishayotir.
Hamkorlik yangi bosqichda
Date: