Saylgohdagi holat tanqid qilindi

Date:

Shahrimizda qayerda bo‘lmaylik, Yangi yil shukuhini sezamiz. Atrof bayramona bezatilgan. Afsuski, viloyatimizning hamma nuqtalarida ham mana shunday holatga duch kelmaslik yomon. Bayramga tayyorgarlik ishlari olib borilmagan yoki bu mas’ullar uchun qiziq emas. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumaniga tashrif buyurib, dastlab markaziy Sharof Rashidov ko‘chasidan Qizilsuv daryosi bo‘yida tashkil etilayotgan saylgohgacha bo‘lgan hududni ko‘zdan kechirib, ayni holatning guvohi bo‘ldi.
Piyodalar xavfsizligini ta’minlash, transportlar harakatini tartibga solish, yo‘llarni muzlamalardan tozalash ishlari yetarli darajada bajarilmaganligi, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqilmaganligi tanqid qilindi. Shuningdek, qisqa muddatda saylgoh hududida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkasini tashkil etish, bayram archasi o‘rnatish ishlarini yakunlash topshirig‘i berildi.
Shundan so‘ng, qurilish materiallari va mol bozorida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha berilgan topshiriqlarga asosan ishlab chiqilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishildi. Hududda barcha zarur sharoitlarni o‘z ichiga olgan, yopiq “drenaj” tizimiga ega zamonaviy savdo kompleksi qurish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish, unda sotuvchi va xaridorlar uchun barcha qulayliklar bo‘lishini inobatga olish vazifasi topshirildi. Loyihalar puxta ishlab chiqilib, kelishuvlardan o‘tgach, qurilish ishlari boshlanishi ta’kidlandi.
Shuningdek, tashrif davomida tuman markazidagi qator ko‘chalarning obodligi, yo‘llarning muzlamalardan tozalanishi ko‘zdan kechirilib, qo‘shimcha ishchi kuchini jalb qilgan holda piyodalar va transportlar harakati uchun xavfsizlikni ta’minlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish topshiriqlari berildi.

Oldingi sahifaHuquqiy bilimlar zarurat
Keyingi sahifaVazir Oltinsoyda

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun