Kimlarga elektr va gaz uchun kompensatsiyalar beriladi?

Date:

Elektr energiyasi va gazdan foydalanish me’yorlari belgilanganidan xabaringiz bor. Issiq kunlarda-ku, tejamkorlikka rioya qilish mumkin, ammo qishning izg‘irin kunlari bu qiyinchilik tug‘dirishi aniq. Albatta, bu to‘lovlarda qiyinchilik tug‘dirishi ham bor gap. Ana shunday jihatlarni hisobga olgan holda ba’zi oilalar uchun imtiyozlar ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 204-son qaroriga (https://lex.uz/docs/6884060) asosan, kambag‘al oilalar foydalangan gaz va elektr energiyalarining ma’lum miqdori davlat tomonidan to‘lab beriladi.
Ya’ni ehtiyojmand oilalarga isitish mavsumida (noyabr – fevral oylarida) me’yordan ortiq ishlatilgan elektr va gaz uchun kompensatsiyalar beriladi.
Elektr va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi:
gaz uchun – oyiga bazaviy me’yor (500 kub) dan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;
elektr uchun – oyiga bazaviy me’yor (200 kVt) dan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha.
Ehtiyojmand oilalar (bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi shaxslar) ushbu kompensatsiyani olish uchun mahalladagi ijtimoiy xodimga murojaat qilishlari kifoya.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsadni ko‘rsatish majburiy

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda...

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...

Sariosiyo — yirik qurilishlar maydoni

Sariosiyo tumanida tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish...
KunTun
KunTun