Savdogar va Jin

Date:

Kunlarning birida bir savdogar sahrodan Alovuddinning sehrli chirog‘ini topib oldi.
— Tila tilagingni, — dedi jin.
— Sendan istagim shuki, vaqtni ortga qaytarib bersang?! — so‘radi savdogar.
— Bundan senga nima naf? Sen yaxshisi mol-dunyo, zeb-u zar, qasr-u koshonalar so‘ra, bajo keltiray.
— Mening hamma narsam bor, ammo, — ma’yuslandi savdogar, — men uzoq yillardan beri savdogarlik bilan shug‘ullanaman. Mol-dunyo deb dunyo kezib, ota-onam xizmatida bo‘lib, ularning diydoriga to‘ya olmadim. Savdogarlik qilib uzoq yurtlarda yurgan chog‘im ular bu olamni tark etishdi. Ularni yo‘qotgandan so‘ng to‘plagan mol-dunyoyim ham tatimay qoldi. Mening bor boyligimni ol! Faqat vaqtni ortga qaytarib ber. Ota-onamni juda sog‘indim. Ularsiz menga mol-dunyoning keragi yo‘q. Ularning xizmatini qilay, ularga yaxshi ko‘rishimni aytay, duosini olay, xatolarimni to‘g‘rilay, iltimos sendan vaqtni ortga qaytarib bersang!
— Eh nodon, odam, — xo‘rsindi jin. — Agar vaqtni ortga qaytarishning imkoni bo‘lganda men ming yillardan buyon kimdir ozod qilishini kutib, shu xumchada o‘tirarmidim!?

Oldingi sahifaKomandir kuzatildi
Keyingi sahifaTalabalar ilg‘or

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun