TARBIYA

Date:

Qadimda uch mergan ustoz oralarida kim ta’lim berishda ilg‘orligini aniqlamoqchi bo‘lishibdi. Uchalasi ham bittadan shogirdlarini chaqirishibdi. Har bir shogird o‘z ustoziga tosh otib, bu san’atni qanchalar o‘zlashtirganini namoyish etishi kerak ekan.
Birinchi ustoz shogirdi otgan toshlarga epchillik bilan chap beribdi.
Ikkinchi ustoz otilgan toshlarni ustalik bilan shogirdiga qaytaribdi.
Uchinchi ustozning shogirdi qancha majburlashmasin, ustoziga tosh otishdan bosh tortibdi.
Shunda xolis hakamlar shu uchinchi ustoz-shogirdni g‘olib deb topishibdi.
Qolgan ikki ustoz norozi bo‘lib:
— Axir, ular tosh otish san’atini ko‘rsatib berishmadi-ku!-debdi.
— To‘g‘ri, — debdi hakam — lekin u shogirdini ustoziga tosh otmaydigan qilib tarbiyalabdi…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun