Ikkita xorijiy til va bitta kasb

Date:

Maktabda nafaqat majburiy fanlar o‘qitiladi, balki bir emas, bir nechta xorijiy til o‘rgatilib, yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlari uchun kasb-hunar ham o‘rgatiladi. Ushbu amaliyot o‘zini oqlagani uchun ham ayni jihatlarga katta e’tibor qaratilayotir.
“Nuroniy” jamg‘armasi Sariosiyo tumani bo‘limi raisi S.Qosimov va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sariosiyo tuman bo‘linmasi bilan hamkorlikda tumandagi 82-sonli umumta’lim maktabida “Ikki til va bir kasb” tamoyili bo‘yicha ta’lim olayotgan o‘quvchilar faoliyati bilan tanishildi.
O‘quvchilarning kasb yo‘nalishi hamda ingliz va rus tillari bo‘yicha bilim salohiyatlari sinovdan o‘tkazildi. Bu yoshlarning bilimga bo‘lgan shijoati va intilishini ko‘rib ko‘zingiz quvonadi. Har bir yoshga ustozlari tomonidan o‘rgatilayotgan kasb-hunar kelajakda bu yoshlarga o‘z yo‘lini va o‘z kasbini egallashda yordam beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...
KunTun
KunTun