Tinglovchilariga sertifikat topshirildi

Date:

Oila muqaddas, shunday ekan uni asrash-avaylash lozim. Bunda, albatta, tomonlarning munosabati ham katta o‘rin tutadi. Yoshlar hayotga yengil qarasa, kattalar bosiqlik qilmasa, bunday oilada xotirjamlik yo‘qoladi. Ana shundan keyin ajrimlar haqida to‘xtalmaslikning iloji yo‘q. Sabablar esa oddiy va jo‘n.
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 31-dekabrdagi 820-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Oila mehr va baxt qo‘rg‘oni” mavzusidagi yosh kelin-kuyovlarni oilaga tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurs bo‘lib o‘tdi.
Mazkur o‘quvlarda Qumqo‘rg‘on tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Jumayeva hamda psixolog o‘qituvchilar,din vakillari, tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi. “Yosh kelin-kuyovlar maktabi” tinglovchilariga oila muqaddasligi, farzandlar tarbiyasi, oiladagi munosabatni ma’naviy muxitni yaxshilash borasida yoshlarga tegishli bo‘lgan tavsiyalar berildi. O‘quv darslar yakunida yoshlarga sertifikatlar topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun